Maxfiylik siyosati
Yangilangan: 2026-yil 8-sentabr
priglashenie.uz saytida buyurtma formasi orqali siz ismingiz, telefon raqamingiz, tadbir turi va sanasini yuborasiz. Bu ma'lumotlar faqat siz bilan bog'lanish va taklifnomani tayyorlash uchun ishlatiladi.
Ma'lumotlar Telegram orqali bizning ish chatimizga yuboriladi va uchinchi shaxslarga berilmaydi. Reklama samaradorligini o'lchash uchun saytda Meta Pixel ishlatiladi; telefon raqami Meta'ga faqat xeshlangan (qaytarib bo'lmaydigan) ko'rinishda uzatiladi.
Ma'lumotlaringizni o'chirishni so'rash uchun Telegramda yozing — bir kun ichida o'chiramiz.